✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri N. Mo‘minovaning 2026-yil 10-avgust kunidagi ish faoliyati
✅Bugungi ish jarayonida asosiy e’tibor tuman Kengashi faoliyatini muvofiqlashtirish, deputatlarning saylov okruglaridagi o‘rganishlarini tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni tegishli tartibda hal etishga qaratiladi.
🔍09:00–10:30 — Kotibiyat xodimlarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish, E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan hujjat va murojaatlarni ko‘rib chiqish, ijro intizomini nazorat qilish hamda kunlik vazifalarni belgilash.
🔍10:30–13:00 — 1-Madaniyat saylov okrugi hududidagi mahallaga chiqib, mavjud 24 ta masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli takliflarni shakllantirish.
🔍14:00–16:00 — 24-Vorsin saylov okrugi hududidagi mahallaga tashrif buyurib, hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni belgilash.
🔍16:00–17:00 — Saylov okruglarida olib borilgan o‘rganishlar natijalarini umumlashtirish, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi materiallarini ko‘rib chiqish hamda zarur hujjatlarni tayyorlash.
🔍17:00–17:30 — O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni tahlil qilish, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltiriladigan murojaatlar va deputatlik so‘rovlari loyihalarini tayyorlash.
🔍17:30–18:00 — Tuman Kengashi faoliyatiga oid ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, kun davomida bajarilgan ishlarni sarhisob qilish va navbatdagi ish kunining ustuvor vazifalarini belgilash.
🔍Shuningdek, kun davomida tuman Kengashining doimiy komissiyalari faoliyati bilan bog‘liq hujjatlar, bayonnomalar va qaror loyihalari ko‘rib chiqilib, navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ishlari davom ettiriladi.