✔️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 6-Ravot saylov okrugi deputati N.Baxriev hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi Sh.G‘afforov tumandagi “Vatanparvar” bog‘ida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandilar.
✔️O‘rganish davomida bog‘ hududini yanada obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish va fuqarolar uchun qulayliklarni oshirish yuzasidan bir qator taklif hamda tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, “Vatanparvar” bog‘ining aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun yanada qulay, zamonaviy va ko‘rkam maskanga aylanishi bo‘yicha tegishli takliflar ilgari surildi.