Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi raisi, deputat Yusupov Ravshan Abilovich tomonidan «Mirzo Ulug‘bek» mahallasida yoshlar uchun tashkil etilgan mini futbol maydonida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔎O‘rganish jarayonida sport maydonining umumiy holati, hududni obodonlashtirish, himoya panjaralarini o‘rnatish, shuningdek, maydonni zarur sport jihozlari bilan ta’minlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
⚽️Mazkur sport maskanini zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlash va tartibga keltirish mahalla yoshlari uchun qulay sharoit yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
✍️Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, mini futbol maydonini obodonlashtirish va jihozlash ishlarining yakuniga yetkazilishi deputatlik nazoratiga olindi.
Bizni kuzatishda davom eting!