35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA TADBIR O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI XONADONBAY O‘RGANILDI
янв.21
“SHUKR VA IFTIXOR” SHIORI OSTIDA BAYRAMOLDI XAYRIYA AKSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
MAHALLA HAYOTI VA AHOLI MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
“QO’SHCHINOR”MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIGA KITOBLAR TAQDIM ETILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisining vakolatlari – samarali boshqaruv garovi
янв.21
AHOLI OSOYISHTALIGI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #deputatlik_soʻrovi Deputatlik nazorati: “Yulduz” mahallasida obodonlashtirish nazoratga olindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-“Yulduz” saylov okrugida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari davomida “Yulduz” mahallasidagi Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan ariqda maishiy va boshqa chiqindilar to‘planib qolgani aniqlandi.

Mazkur holat ariqning suv o‘tkazuvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, hududda antisanitariya holatini yuzaga keltirishi mumkinligi qayd etildi.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Saribayevga deputat so‘rovi yuborilib, Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasidagi ariq va uning atrofini chiqindilardan tozalash hamda tegishli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish so‘raldi.

Shuningdek, ko‘rilgan choralar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik nazorati — aniqlangan muammolarni shunchaki qayd etish emas, balki ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan muhim vositadir.