35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Buyuk Turon MFYda amaliy o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Buyuk Turon MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat, aholi bilan ishlash jarayoni hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahalladagi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Suhbat davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1