35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati
#murojaatlar_daftari #deputat_okrugida
#nazorat_tahlil #kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-“Zarbdor” saylov okrugidan saylangan deputat — tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev o‘z saylov okrugidagi “Zarbdor” mahallasida tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova bilan birgalikda aholi murojaatlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan uy-joy kadastri bilan bog‘liq murojaatlar tinglanib, ularning mazmuni va yuzaga kelish sabablari ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatlarni atroflicha o‘rganish maqsadida tuman Kadastr bo‘limi xodimlari bilan birgalikda fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va ma’lumotlar berildi.

O‘rganish yakunida murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2