O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutining Yunusobod tumani, Astronomiya ko‘chasi, 33-uy manzilidagi faoliyati o‘rganildi.
🤝O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati
Yusupov R., tuman prokurori YA.Abduraxmanov, tuman IIO FMB boshlig‘i M.Vafoyev hamda hamkor tashkilotlar bilan amalga oshirildi.
🔎O‘rganish davomida institut hududidagi mavjud holat, infratuzilma va faoliyat jarayonlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
📍Aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda muammolarning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.
Bizni kuzatishda davom eting!