#okrugda_organish
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U.Omanov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimi o‘rinbosari M.Alibekovning hisoboti yuzasidan Aliobod mahallasida joylashgan Pay kanalining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida yaqinda ta’mirdan chiqarilgan Pay kanalining bugungi kundagi holati, amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining sifati hamda kanal orqali suvning aholi va qishloq xo‘jaligi yerlariga yetkazib berilishi holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, kanalning foydalanish samaradorligini ta’minlash va uni yaxshi holatda saqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|