Deputatlar tomonidan bolajonlarga qaratilayotgan e’tibor ularning huquqlarini himoya qilish, sifatli ta’lim-tarbiya olishi, sog‘lig‘ini saqlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qonunchilik va nazorat tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani deputatlari, O‘zbekiston XDP a’zolari Kurbanova Shoxzoda Nashpanovna va Mamayusupov Muzaffar Abdusamatovich tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Bahor” va “Bog‘imaydon” mahallalarida bolalar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida yozgi ta’til davrida bolalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan turli xil to‘garaklarga borayotganliklari va o‘qigan kitoblari xaqida aytib berdilar.
Shuningdek, tadbir davomida deputatlar tomonidan bolajonlarni qiziqtirgan savollariga tushuntirishlar berilib, esdalik sovg‘alari tarqatildi.