35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT QANDAY SAYLANADI?
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK: HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«SOBIROBOD» MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLALARDA XAVFSIZLIK VA OSOYISHTALIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA KICHIK BIZNES VA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANINI OBODONLASHTIRISH ASOSIDA INSON MANFAATLARI USTUVORLIGI YOTADI …
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI FUQORILAR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI
янв.21
YANGISHAHAR KO‘CHASI: ZAMONAVIY VA OBOD SAYR MASKANIGA AYLANMOQDA
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILD
“Ma’rifat” mahallasida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi murojaatlari va sohalar faoliyati o‘rganildi

Jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya, shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov shahar Kengashining "19-Ma'rifat" saylov okrugi deputati A.Mustafakulov, kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar mahalla faollari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Dastlab, Kadastr agentligining Termiz shahar bo‘limi faoliyati o‘rganilib, hududdagi kadastr masalalari, fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng, shahar elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirilib, mahalladagi elektr ta’minoti, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Ma’rifat” mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati ham o‘rganildi. Unda aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy masalalarni hal etish, bandlikni ta’minlash va mahallada osoyishtalikni mustahkamlash borasidagi ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, muammolarni joyida hal etish, aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bunday sayyor o‘rganishlar hududdagi mavjud muammolarni bevosita joyida aniqlash, mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3