35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT QANDAY SAYLANADI?
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK: HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«SOBIROBOD» MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLALARDA XAVFSIZLIK VA OSOYISHTALIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA KICHIK BIZNES VA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANINI OBODONLASHTIRISH ASOSIDA INSON MANFAATLARI USTUVORLIGI YOTADI …
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI FUQORILAR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI
янв.21
YANGISHAHAR KO‘CHASI: ZAMONAVIY VA OBOD SAYR MASKANIGA AYLANMOQDA
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILD
“Chegarachi” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, tuman Kengashiga 15-Baynalminal saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Ismailov Abdurashid Xudayarovich saylangan 23-"Chegarachi" saylov okrugiga qarashli "Chegarachi" mahallasida “mahalla yettiligi”ning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallada “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni tahlil qilish, aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berish, ularni kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallada ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-sonli qarori asosida «Chegarachi» mahallasida olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarining borishi ham deputatlik nazorati doirasida joyiga chiqib o‘rganildi. Amalga oshirilayotgan loyihalarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda bajarilayotgan ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4