35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT QANDAY SAYLANADI?
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK: HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
«SOBIROBOD» MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLALARDA XAVFSIZLIK VA OSOYISHTALIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADA KICHIK BIZNES VA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANINI OBODONLASHTIRISH ASOSIDA INSON MANFAATLARI USTUVORLIGI YOTADI …
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI FUQORILAR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI
янв.21
YANGISHAHAR KO‘CHASI: ZAMONAVIY VA OBOD SAYR MASKANIGA AYLANMOQDA
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILD
“Davronbek” mahallasida yo‘l holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida ko‘chaboshi Minavvarov Rustamjon bilan suhbat o‘tkazilib, mahalla hududidagi mavjud muammolar va aholi murojaatlari o‘rganildi.

Xususan, Bandi eshon ko‘chasining uzoq yillardan buyon asfaltlashtirilmay kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat, ayniqsa, kuz-qish mavsumlarida aholining harakatlanishida noqulayliklar keltirib chiqarayotgani hamda fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani bildirildi.

Muammoni bartaraf etish, ko‘cha yo‘l qoplamasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida masala deputat N.Shomatov nazoratiga olindi.

Shuningdek, Bandi eshon ko‘chasini asfaltlashtirish masalasini tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy ishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5