35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HUDUDNI KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK TADBIRLARI DOIRASIDA HUDUDDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI
янв.21
XALQARO JANG SAN’ATI ASSOTSIATSIYASI YIG‘ILISHIDA MUNOSIB E’TIROF
янв.21
“RAHBAR VA YOSHLAR” — OCHIQ MULOQOT DAVOM ETMOQDA! 👇👇👇
янв.21
“KATTA XASANBOY”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATIDA: BOG‘IBO‘STON MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“POSIRA” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATIDA: PARK HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“MIRZO ULUG’BEK”MAHALLASIDAGI TRANSFORMATOR PODSTANSIYALARINING HOLATI O‘RGANILDI👇👇👇
🔥 Yong‘in xavfsizligi – barchamizning mas’uliyatimiz!

🔥 Yong‘in xavfsizligi – barchamizning mas’uliyatimiz!
O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-son Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman Kengashi deputati X.Saidova,mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida nazorat-o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi. Qonunning asosiy maqsadi yong‘in xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulk hamda atrof-muhitni yong‘inlardan muhofaza qilishdan iborat.
Tadbir davomida aholi yashash xonalari, ijtimoiy ob’yektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi,elektr tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish, profilaktik tushuntirish ishlarining samaradorligi o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolarga yong‘inlarning oldini olish, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2