35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK” DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – INSON QADRINI ULUGʻLASH DEMAKDIR!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI NAZORATGA OLINDI: PENSIONERLAR UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILISHI MUHIM MASALA
янв.21
“ANORZOR” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
янв.21
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA – KELAJAK ENERGIYASI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA OILAVIY TOTUVLIKNI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI OSTIDA: POSIRA MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI TO‘LIQ TIKLANDI
янв.21
YOSHLAR TARBIYASI VA EKOLOGIK MADANIYATNI YUKSALTIRISH YO‘LIDAGI MUHIM TASHABBUS
янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI MUHOKAMA QILINDI 👇👇👇
Kengash_faoliyati

#sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masalalar
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_qonun
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Mahallalarda qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy masalalarni joyida o‘rganish mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlariBandixon tumani Kengashiga 6-“Navbahor” saylov okrugi deputati K.Amanqulovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Navbahor” mahallasida bo‘lib, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini amalga oshirdilar.

O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, oilalardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Nazorat-tahlil jarayonida quyidagi qonun hujjatlari asosida tuzilgan savolnomalardan foydalanildi:
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni — 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son;
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni — 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son.

📋 Savolnomalar asosida o‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni aniqlash va ularga ko‘mak ko‘rsatish, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda nizoli vaziyatlarning oldini olish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni tegishli tizimlar bilan hamkorlikda qo‘llab-quvvatlash masalalari ham nazorat-tahlil nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqildi.

Alohida ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish faqatgina muammo yuzaga kelgandan keyin choralar ko‘rish bilan cheklanmasligi, balki mavjud muammolarni oldindan aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni talab etadi.

Shu nuqtayi nazardan, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatida murojaatlar bilan ishlash, muammoli oilalarni o‘rganish, xotin-qizlarga huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

Ushbu yo‘nalishdagi o‘rganishlar orqali mahallalarda qonun hujjatlarining amaliy ijrosi, mas’ul xodimlarning faoliyati va aholi bilan ishlash samaradorligini joyiga chiqqan holda baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.

Slide 1 of 1