35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK” DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – INSON QADRINI ULUGʻLASH DEMAKDIR!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI NAZORATGA OLINDI: PENSIONERLAR UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILISHI MUHIM MASALA
янв.21
“ANORZOR” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
янв.21
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA – KELAJAK ENERGIYASI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA OILAVIY TOTUVLIKNI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI OSTIDA: POSIRA MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI TO‘LIQ TIKLANDI
янв.21
YOSHLAR TARBIYASI VA EKOLOGIK MADANIYATNI YUKSALTIRISH YO‘LIDAGI MUHIM TASHABBUS
янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI MUHOKAMA QILINDI 👇👇👇
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B.Bo‘tayev tashabbusi hamda Sardoba tumani Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish mexanizmlari, davlat va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini keng targ‘ib qilishning ahamiyati ta’kidlandi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish barchaning umumiy vazifasi ekani, bu borada davlat organlari, jamoatchilik va yoshlarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3