35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarning faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari.
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK” DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA👇👇👇
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati: yoshlar manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
TARIXIY OBIDALARNI ASRASH – KELAJAK AVLODLAR OLDIDAGI MAS’ULIYAT
янв.21
YUNUSOBOD OQTEPASI OCHIQ OSMON OSTIDAGI MUZEYI HOLATI O‘RGANILDI 👇👇👇
янв.21
PF–116-SON FARMONI IJROSI YUZASIDAN BODOMZOR MAHALLASIDA TUSHUNTIRISH SUHBATI O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA MAHALLALARDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
QO‘SHCHINOR MAHALLASIDA XAVFSIZ VA OBOD MUHITNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #yoshlar_maslahat_guruhi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati 🗣“Shifokor” mahallasida yoshlar siyosati ijrosi o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri,deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasova saylov okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida bo‘lib, Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zosi A.G‘affarov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida hududda yoshlar bilan ishlash holatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
🔎 Suhbat davomida yoshlar bilan ishlashning amaldagi holati, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan:
🔹 yoshlarning murojaatlari va muammolarini o‘rganish;
🔹 yoshlarni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish;
🔹 yoshlar bandligini ta’minlash va ularni mehnat faoliyatiga jalb etish;
🔹 yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
🔹 iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish;
🔹 yoshlarning jamoat va mahalla hayotidagi faolligini oshirish;
🔹 yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda faqat mavjud muammolarni aniqlash emas, balki ularni oldindan ko‘ra bilish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va har bir yoshning imkoniyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.
📌 “Yoshlar maslahat” guruhi faoliyati doirasida yoshlarning fikr va takliflarini o‘rganish, ularni mahalliy Kengash faoliyatiga yaqinlashtirish hamda yoshlar manfaatlariga daxldor masalalarni muhokama qilishning ahamiyati qayd etildi.
🇺🇿 Yoshlar — mamlakatning buguni va kelajagi. Shu bois mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolariga manzilli yondashish va yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
📍 “Shifokor” mahallasidagi mazkur o‘rganish ham yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishga qaratildi.