35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HUDUDNI KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK TADBIRLARI DOIRASIDA HUDUDDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
янв.21
XALQARO JANG SAN’ATI ASSOTSIATSIYASI YIG‘ILISHIDA MUNOSIB E’TIROF
янв.21
“RAHBAR VA YOSHLAR” — OCHIQ MULOQOT DAVOM ETMOQDA! 👇👇👇
янв.21
“KATTA XASANBOY”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATIDA: BOG‘IBO‘STON MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“POSIRA” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATIDA: PARK HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“MIRZO ULUG’BEK”MAHALLASIDAGI TRANSFORMATOR PODSTANSIYALARINING HOLATI O‘RGANILDI👇👇👇
Sessiya oldi o'rganishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi va deputatlar tomonidan joyida o‘rganilmoqda.

Shuningdek, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-371, 2014-yil 14-may) ijrosi doirasida hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar, ayniqsa yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni tashkil etish, jamoat tartibini saqlash, profilaktika inspektori, mahalla faollari va boshqa mas’ul idoralar hamkorligida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar orqali xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi atroflicha o‘rganildi.
Toqchiliq mahallasining Otchopar massivida tuman prokuraturasi tashabbusi bilan jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 1