Deputat va soha mutasaddilari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik ta’lim sifatini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yoshlarga munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan asosiy yo‘nalishlar:
Moddiy-texnik bazani o‘rganish va ko‘maklashish;
Ta’lim sifati va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash;
Yoshlar va bolalar huquqlarini himoya qilish;
Tadbirkorlik va kasbga yo‘naltirish.
Deputat hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining samarali hamkorligi kelgusida ham yoshlarimizning sifatli ta’lim va munosib tarbiya olishlariga xizmat qiladi