35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK” DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – INSON QADRINI ULUGʻLASH DEMAKDIR!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI NAZORATGA OLINDI: PENSIONERLAR UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILISHI MUHIM MASALA
янв.21
“ANORZOR” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
янв.21
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA – KELAJAK ENERGIYASI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA OILAVIY TOTUVLIKNI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI OSTIDA: POSIRA MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI TO‘LIQ TIKLANDI
янв.21
YOSHLAR TARBIYASI VA EKOLOGIK MADANIYATNI YUKSALTIRISH YO‘LIDAGI MUHIM TASHABBUS
янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI MUHOKAMA QILINDI 👇👇👇
#Chinoz_tumani Sessiyadan oldin masala joyiga chiqib o'rganildi


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Surayyo Axmedova hamda komissiya a'zolari Mirsoat Mirsodiqov va Hikmatilla Hafizov tomonidan Huquq targ‘ibot maskani faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

📊 2026-yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra, Chinoz tumani hududida jami 283 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 32 taga yoki 12,7 foizga oshgan.

✅ Shu bilan birga, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni 18,6 foizga kamayib, 70 tadan 57 taga tushirilgan. Mazkur natija profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yo‘lida muhim ko‘rsatkich sifatida baholandi.

📌 Qayd etilgan jinoyatlarning:
🔹 101 tasi aniqlangan jinoyatlar;
🔹 125 tasi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etgan.
🔹 100 ming aholiga nisbatan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar ko‘rsatkichi 188,67 tani tashkil etib, viloyatning umumiy reytingiga ijobiy ta'sir ko‘rsatgani qayd etildi.

✍️ "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida tumandagi 40 ta mahalla tahlil qilinib:
🔴 2 ta mahalla – "qizil" toifa;
🟡 17 ta mahalla – "sariq" toifa;
🟢 21 ta mahalla – "yashil" toifaga kiritilgan.
📍 "Qizil" toifadagi mahallalar:
🔺 Birlik MFY;
🔺 Ko‘tarma MFY.

Shuningdek, tumandagi 21 ta mahallada 29 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan "qizil" toifadagi ikki mahallada 4 ta jinoyat qayd etilgan.

👥 Huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish xavfi yuqori bo‘lgan 3 861 nafar fuqaro aniqlanib, ular "E-ijtimoiy profilaktika" elektron axborot tizimiga kiritilgan hamda ular bilan individual profilaktik ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

✍️ O‘rganish yakunida jinoyatchilikning oldini olish, axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish, mahallalarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida tizimli ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 7