35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“SOBIROBOD” MFY KO‘P QAVATLI UYLAR PODYEZDLARI YANGI QIYOFA KASB ETMOQDA…
янв.21
Qonun ijrosida komissiyalar o‘rni va yo‘nalishlar taqsimoti
янв.21
“SHAYX SHIBLIY” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGI G‘OYALAR VA KATTA IMKONIYATLAR: YUNUSOBODDA “ISHBILARMON AYOL – 2026” KO‘RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQABOG‘ MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARIGA DEPUTAT HAM MUNOSIB HISSA QO‘SHMOQDA👇👇👇
янв.21
DEPUTAT HAQIDA MA’LUMOTLAR
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI — MA’RIFATLI JAMIYAT POYDEVORI!
янв.21
MAHALLADA QO‘SHIMCHA ELEKTR KABELLARI TORTILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA HASHAR QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA👇👇👇
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK” TADBIRLARI DOIRASIDA “BO‘ZSUV”MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA👇👇👇
Kotib

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Ekologik” partiyasi a’zosi Umarov Ravshan Maxamatjanovich “Mirzakalon Ismoiliy” mahallasida bo‘lib, mahalla vakillari bilan amalga oshirlayotgan ishlar bo‘yicha suhbatlashdi.

Suhbat jarayonida mahallada qilinayotgan ishlar muhokama qilinib, hududda bayram oldi obodonlashtirish ishlarini o‘tkazishda bevosita faol ishtirok etib, hududdagi xayriya hasharini tashkil qildi.

Hashar davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, xonadonlar oldi, piyodalar yo‘laklari hamda ariq-lotoklar tozalandi. Shuningdek, kesilgan daraxt shox-shabbalari, turli maishiy chiqindilar o‘z vaqtida yig‘ishtirilib, maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketildi.

Bunday xayrli tadbirlar mahallaning yanada obod va ozoda qiyofa kasb etishi, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6