35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarning faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari.
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK” DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA👇👇👇
янв.21
MAHALLADAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati: yoshlar manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
TARIXIY OBIDALARNI ASRASH – KELAJAK AVLODLAR OLDIDAGI MAS’ULIYAT
янв.21
YUNUSOBOD OQTEPASI OCHIQ OSMON OSTIDAGI MUZEYI HOLATI O‘RGANILDI 👇👇👇
янв.21
PF–116-SON FARMONI IJROSI YUZASIDAN BODOMZOR MAHALLASIDA TUSHUNTIRISH SUHBATI O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA MAHALLALARDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
QO‘SHCHINOR MAHALLASIDA XAVFSIZ VA OBOD MUHITNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅

Yig‘ilishda Kengash faoliyatiga oid masalalar, doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan masalalar, deputatlik nazorati doirasida o‘rganilgan holatlar hamda Kengash sessiyalariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari atroflicha muhokama qilindi.

Ekspert guruhi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan masalalarning huquqiy asoslari, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, ijro mexanizmlari hamda hudud aholisi manfaatlariga ta’siri yuzasidan tahliliy o‘rganishlar olib borildi.

Shuningdek, tayyorlanayotgan qaror loyihalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, hujjatlarning mazmunan puxta, asoslangan hamda amaliyotga yo‘naltirilgan holda ishlab chiqilishi yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berilib, aniqlangan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Ekspert guruhi faoliyati Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi ish jarayonlarini takomillashtirish, masalalarni chuqur tahlil qilish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4