35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Xalq bilan birga” dasturining “Keksalarga mehr” aksiyasi amalda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” – yoshlar uchun keng imkoniyatlar!
янв.21
#ish_reja #dolzarb_90_kun #Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
TA’MIRLASH ISHLARI JARAYONIDAN FOTOLAVHALAR
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHINING 2026-YIL YANVAR–IYUN OYLARI DAVOMIDA AMALGA OSHIRGAN FAOLIYATI BO‘YICHA MA’LUMOT
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
PF–116-SON FARMONI IJROSI YUZASIDAN MIRZO ULUG‘BEK MAHALLASIDA TUSHUNTIRISH SUHBATI O‘TKAZILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA TARIXIY XOTIRA MASKANIGA TASHRIF TASHKIL ETILDI👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #Deputat_daftari
Oqtepa mahallasi ichki ko‘chalaridagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 7-Oqtepa saylov okrugi deputati Mamatqulov Ilhom Abdurashidovichga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi H. Mirzayeva tomonidan Oqtepa mahallasi hududidagi ichki ko‘chalarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla raisi hamda aholi vakillari bilan suhbat o‘tkazildi. Ularning ma’lum qilishicha, mahalladagi 1, 2, 3, 4, 5, 6 va 7-uylar oldidagi ichki ko‘chalar avval sement-beton qoplamasi bilan ta’mirlangan. Biroq qish mavsumidagi anomal sovuq hamda muzlamaga qarshi sepilgan tuzlar ta’sirida beton qoplamaning sifati yomonlashgan. Natijada beton tarkibidagi mayda shag‘allar yer yuzasiga chiqib qolgan bo‘lib, bu piyodalar harakati uchun noqulaylik tug‘dirmoqda va aholi tomonidan mazkur holat yuzasidan tez-tez murojaatlar kelib tushmoqda.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli ma’lumotlar deputat Ilhom Mamatqulovga yetkazildi. Mazkur masalani ijobiy hal etish hamda ichki ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli ishlar belgilandi.

Slide 1 of 4