🌿 Obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tashabbusi bilan 35-sonli umumta’lim maktabi hududida obodonlashtirish va tozalik tadbirlari tashkil etildi.
🧹 Hashar davomida maktab hovlisi va uning atrofi begona o‘tlardan tozalanib, hudud tartibga keltirildi hamda sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
🌱 Mazkur tadbir ta’lim muassasasida ozoda va fayzli muhit yaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda jamoatchilikning obodonlashtirish ishlaridagi faolligini oshirishga xizmat qildi.
🤝 Obod maskan — sog‘lom va farovon kelajak garovi!