35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“SOBIROBOD” MFY KO‘P QAVATLI UYLAR PODYEZDLARI YANGI QIYOFA KASB ETMOQDA…
янв.21
Qonun ijrosida komissiyalar o‘rni va yo‘nalishlar taqsimoti
янв.21
“SHAYX SHIBLIY” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGI G‘OYALAR VA KATTA IMKONIYATLAR: YUNUSOBODDA “ISHBILARMON AYOL – 2026” KO‘RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQABOG‘ MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARIGA DEPUTAT HAM MUNOSIB HISSA QO‘SHMOQDA👇👇👇
янв.21
DEPUTAT HAQIDA MA’LUMOTLAR
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI — MA’RIFATLI JAMIYAT POYDEVORI!
янв.21
MAHALLADA QO‘SHIMCHA ELEKTR KABELLARI TORTILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA HASHAR QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA👇👇👇
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK” TADBIRLARI DOIRASIDA “BO‘ZSUV”MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA👇👇👇
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Olimjon Jumanazarov ishtirokida "Deputat bilan bir kun" loyihasi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Loyiha doirasida deputat Muqimiy mahallasida joylashgan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan mazkur ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etayotgani, obyektni joriy yilning 20-avgust sanasiga qadar yakunlash hamda yangi 2026–2027-o‘quv yili boshlanishiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7