35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOʻZSUV MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASINI TAʼMIRLASH MASALASI DEPUTATLIK SOʻROVI ORQALI KOʻTARILDI
янв.21
YANGIBOG‘ MAHALLASIDA HUDUDNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI – FAROVON HAYOT VA TARAQQIYOT KAFOLATI!
янв.21
😎MEHR VA E’TIBOR – INSON QADRINI ULUG‘LASH YO‘LIDA
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish, normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda samarali qo‘llash hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.
янв.21
AHILOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHILOBOD MAHALLASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
«MIRZO ULUG‘BEK» MAHALLASIDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI BARPO ETILISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI 👇👇👇
янв.21
MILLIY XOTIRA – YUKSAK EHTIROM TIMSOLI
янв.21
➡️"DOLZARB 40 KUNLIK" VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
“Dolzarb 90 kun” doirasida mahallada ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Tabassumxon Isroilova tashabbusi bilan Andijon shahar “Barkamol” MFYda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mahalla xotin-qizlari va yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda milliy urf-odat va an’analarimizni yosh avlodga yetkazishdan iborat bo‘ldi.

“Mahalla farovonligi uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda momolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan udumlar, milliy taomlar tayyorlash an’analari namoyish etildi. Jumladan, chalpak, cho‘zma non, tandir non, somsa va holvaytar tayyorlash jarayonlarida mahalla ahli faol ishtirok etdi.

Bunday tadbirlar mahallada ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1