35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI👇👇👇
янв.21
”OBOD”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
“BUYUK TURON” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
"Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–393, 2015 yil 26 avgust) aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“XIYOBONTEPA” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI
Ko‘cha nomlari bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘zi saylangan “Jayxun” MFY 15-Keramzit saylov okrugi hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔍 O‘rganish davomida hududdagi nomsiz ko‘chalarga nom berish hamda takroriy nomdagi ko‘chalar nomlarini o‘zgartirish masalalari joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.

🤝 O‘rganish ishlarida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov hamda tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilinishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi B.Perdebaeva ishtirok etdi.

📑 Mazkur o‘rganishlar hududdagi ko‘chalar nomlarini tartibga solish, takroriy nomlarni bartaraf etish hamda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani puxta tayyorlashga qaratilgan.

Slide 1 of 1