35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MILLIY LIBOS – MILLIY IFTIXOR!
янв.21
“POSIRA” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — kelajak avlod merosi! 🌍
янв.21
EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA
янв.21
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI👇👇👇
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN HUKUMAT QARORI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Tibbiyot birlashmasi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-"Tulaboy" saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan Ganjiravon mahallasida joylashgan 7-oilaviy poliklinika filialida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida filial binosida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, binoning saqlanish holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlar va tibbiyot xodimlari faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda tibbiy xizmatlarning sifat va samaradorligi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

Nazorat jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholiga qulay va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3