📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi A.Ro‘ziyev boshchiligida navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Unda shahar Kengashi deputatlari, kotibiyat masʼullari va soha ekspertlari ishtirok etdi.
🔸Unda asosiy eʼtibor “Sangzor” MFY hududidagi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tahlili va amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar natijadorligiga qaratildi.
🔸Yakunda hududlarda xavfsizlikni kuchaytirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.