35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MILLIY LIBOS – MILLIY IFTIXOR!
янв.21
“POSIRA” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — kelajak avlod merosi! 🌍
янв.21
EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA
янв.21
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI👇👇👇
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN HUKUMAT QARORI DEPUTATLAR NAZORATIDA
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida mahallalar va ta’lim muassasalarida yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan joylarda o‘rganilmoqda.

Jumladan, deputat X. Sulaymonova tumandagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yozgi ta’til davrida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar, turli yo‘nalishdagi to‘garaklar, sport musobaqalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning borishi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, kitobxonlik, ijodiy va intellektual faoliyatga keng jalb etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, olib borilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2