35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MILLIY LIBOS – MILLIY IFTIXOR!
янв.21
“POSIRA” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — kelajak avlod merosi! 🌍
янв.21
EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA
янв.21
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI👇👇👇
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN HUKUMAT QARORI DEPUTATLAR NAZORATIDA
OBOD MAHALLA UCHUN HAMJIHATLIK MUHIM

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 17-Oqbuloq saylov okrugi deputati M.Xasamiddinov o‘z saylov okrugi hududidagi Oqbuloq mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarini kuchaytirish yuzasidan targ‘ibot olib bordi.

Muloqot davomida aholi o‘z xonadonlari va ko‘cha bo‘ylarini ozoda saqlash, hududlarni begona o‘t-o‘lanlardan tozalash, yashil hududlarni asrab-avaylash hamda obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Shuningdek, mahalla hududida tozalikni ta'minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va obod muhitni yaratish har bir fuqaroning burchi ekani ta'kidlanib, bu borada mahalla faollari va aholi bilan fikr almashildi.

Hamjihatlikda amalga oshirilayotgan bunday ishlar mahallaning yanada fayzli va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4