35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MILLIY LIBOS – MILLIY IFTIXOR!
янв.21
“POSIRA” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — kelajak avlod merosi! 🌍
янв.21
EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA
янв.21
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI👇👇👇
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN HUKUMAT QARORI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi B.Tursunovning O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlari ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada 634 ta xonadon, 978 ta oila hamda 4 230 nafar aholi istiqomat qilishi, shuningdek, 75 nafar ishsiz fuqaro mavjudligi qayd etildi.

Hokim yordamchisi B.Tursunov tomonidan qonunlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, 44 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangani, 150 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgani, 1 nafar davlat ta’minotidagi oilaga 30,9 million so‘m imtiyozli kredit berilgani hamda kambag‘allik reyestrida turgan 9 nafar fuqaro vaucher asosida kasb-hunarga o‘qitilgani joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolarning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar ajratish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi hamda ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev hamda A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3