35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️ELEKTR TA’MINOTI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI👇👇👇
янв.21
#boshqa _masala #Qonun_ijrosi
янв.21
PENSIYA TOʻLOVLARIDAGI OʻZGARISHLAR YUZASIDAN HUQUQIY TUSHUNTIRISHLAR BERILDI👇👇👇
янв.21
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish, normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda samarali qo‘llash hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim qonunlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.
янв.21
“ANORZOR” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
EKOLOGIK MADANIYATNI YUKSALTIRISH – BARCHAMIZNING UMUMIY VAZIFAMIZ👇👇👇
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN OBODLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #Deputat_daftari
янв.21
SINIB QOLGAN DARAXT SHOXI BARTARAF ETILISHI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI👇👇👇
янв.21
“POSIRA” MAHALLASINING OBOD VA ZAMONAVIY QIYOFASI E’TIBOR MARKAZIDA👇👇👇
Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 24-“Bobotog‘” saylov okrugidan O‘zLiDeP fraksiyasi a’zoligiga saylangan deputat Jahongir Hasanov o‘z okrugiga qarashli “Tolto‘g‘ay” MFYda bo‘lib, mahalla yettiligining ish samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Mahalla yettiligi” tizimining joylardagi ijrosi, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy daftarlar (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”) bilan ishlash holatiga qaratildi.

Deputat J.Hasanov mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimdan iborat yettilik a’zolarining o‘zaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini tahlil qildi.