35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MILLIY LIBOS – MILLIY IFTIXOR!
янв.21
“POSIRA” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — kelajak avlod merosi! 🌍
янв.21
EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA
янв.21
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI👇👇👇
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN HUKUMAT QARORI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Deputatlik faoliyati doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

 Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar joyiga chiqib o‘rganilib, ularning amaldagi holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, biriktirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda hududdagi dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish, deputatlik so‘rovlari va murojaatlar ijrosini nazoratga olish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Deputat va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar hududdagi masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda hamkorlik va nazorat ishlari izchil davom ettirilmoqda.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2