35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MILLIY LIBOS – MILLIY IFTIXOR!
янв.21
“POSIRA” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — kelajak avlod merosi! 🌍
янв.21
EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA
янв.21
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI👇👇👇
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN HUKUMAT QARORI DEPUTATLAR NAZORATIDA
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun #murojaatlar 📄Har bir murojaat e’tibor markazida
Har bir murojaat e’tibor markazida

🗣Termiz shahrida fuqarolarning dardu tashvishlarini tinglash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda aholini qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish borasida o‘tkazilayotgan shaxsiy va sayyor qabullar o‘zining amaliy natijasini bermoqda.

⏺2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri "inson qadri uchun" tamoyili asosida tashkil etildi.

💬O‘tgan 6 oy davomida deputatlar qabullarida jami 129 nafar fuqaro o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflar bilan murojaat qildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari quyidagicha shakllandi:

🟢75 ta murojaat — deputatlarning qat’iy tashabbusi va mas’ul tashkilotlar hamkorligi bilan amalda ijobiy hal etildi;

🟢39 ta murojaat — bo‘yicha fuqarolarga amaldagi qonun hujjatlari doirasida asoslantirilgan batafsil huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi;

🟢12 ta murojaat — hal etilishi qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qilganligi sababli, hozirda deputatlar nazorati ostida ko‘rib chiqilmoqda;

🟢3 ta murojaat — qo‘yilgan masalalar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq kelmaganligi sababli rad etildi (fuqarolarga rad etishning huquqiy asoslari to‘liq tushuntirildi).

🫥"Murojaatlar bilan ishlash — deputatlik faoliyatining eng ustuvor yo‘nalishidir!"