35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MILLIY LIBOS – MILLIY IFTIXOR!
янв.21
“POSIRA” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — kelajak avlod merosi! 🌍
янв.21
EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA
янв.21
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI
янв.21
“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI”: HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI👇👇👇
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN HUKUMAT QARORI DEPUTATLAR NAZORATIDA
"Jayhun" mahallasidagi ko‘p qavatli uylar ta’miri va mavjud kamchiliklar deputat nazoratiga olindi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovslar Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamrohligida “Jayhun” mahallasi, Baxt ko‘chasida bo‘lib, muammolarni bevosita joyida o‘rgandilar.

💬Tashrif davomida mas’ullar tomonidan Baxt ko‘chasidagi uylarda amalga oshirilgan ishlar sifati va hududning bugungi holati atroflicha muhokama qilindi:

🟢PQ-48-sonli qaror ijrosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-48-sonli qarori doirasida uylarning fasad (tashqi ko‘rinishi) hamda yer to‘la (podval) qismlarida bajarilgan ta’mirlash ishlarining sifati va loyihalarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi;

🟢Obodonlashtirish ishlari: Ko‘p qavatli uylar atrofidagi ichki yo‘laklarning holati, bolalar o‘yingohlari hamda hududni chiqindilardan tozalash ishlari muhokama qilindi.

💬Baxt ko‘chasidagi o‘rganishlar va aholi bilan kechgan muhokamalar jarayonida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarida chala qolgan bir qator muhandislik-kommunal kamchiliklar aniqlandi.

💬Mavjud muammolar va kamchiliklar deputat G.Abramatovaning shaxsiy murojaat daftariga batafsil qayd etilib kamchiliklarni bartaraf etish, uylarni to‘liq va sifatli holatga keltirish yuzasidan hududga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) hamda daxldor mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

💬"Prezidentimizning PQ-48-sonli qarori aholimizga qulaylik yaratish uchun qabul qilingan. Baxt ko'chasidagi ko'p qavatli uylarning ta'miri va hududni obodonlashtirish ishlari aholimizning talablariga to'liq javob bergunga qadar nazoratni susaytirmaymiz. Bajarilgan ishlar hisobot uchun emas, xalqimizning roziligi uchun bo'lishi shart," — deya ta'kidladi deputat.
Slide 1 of 2