35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HUDUDNI KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
янв.21
DOLZARB 40 KUNLIK TADBIRLARI DOIRASIDA HUDUDDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI
янв.21
XALQARO JANG SAN’ATI ASSOTSIATSIYASI YIG‘ILISHIDA MUNOSIB E’TIROF
янв.21
“RAHBAR VA YOSHLAR” — OCHIQ MULOQOT DAVOM ETMOQDA! 👇👇👇
янв.21
“KATTA XASANBOY”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATIDA: BOG‘IBO‘STON MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“POSIRA” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATIDA: PARK HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“MIRZO ULUG’BEK”MAHALLASIDAGI TRANSFORMATOR PODSTANSIYALARINING HOLATI O‘RGANILDI👇👇👇
Kotib

Anomal issiq havoda O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda. Xususan, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ham ushbu vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘lmoqda. 

Issiq havoda elektr energiyasining vaqtincha o‘chirilishi va yirik avariyalarning oldini olishga qaratilgan ishlar yaqindan tanishish maqsadida, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Kengashning Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Muzaffar Mamayusupov tuman elektr tarmoqlari bo‘limiga tashrif buyurdi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirida mutasaddilar issiq havo elektr energiyasi iste’molining keskin ortishiga sabab bo‘layotgani, bundan tashqari, ochiq havoda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari va uskunalari me’yoriy ish haroratidan ancha yuqori darajada qizishi natijasida elektr tarmoqlari va uskunalari o‘ta yuqori yuklama ostida ishlayotganligi, bu  esa ularning ishdan chiqishi yoki avariyaga sabab bo‘lishi xavfini yanada oshirayotganligini ma’lum qilib, ushbu avariyalarni zudlik bilan bartaraf etishga qaratilgan choralar haqida ma’lumot berdilar.

Shuningdek, elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tezkor bartaraf etish maqsadida hududlarda tunu kun faoliyat yuritayotgan maxsus avariya brigadalari mavjudligini ma’lum qildilar.

O‘tkazilagan suhbat davomida deputat korxona rahbariyati tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan har bir avariyani bartaraf etish uchun maxsus texnika va malakali mutaxassislardan iborat tunu-kun ishlovchi guruhlarning doimiy shay holatda bo‘lishini nazaratga olishni ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 4