Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlik_faoliyati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
#Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi #Namunaviy_komissiya_qarorlari
янв.21
🤩 “YOSHLAR KUNI”: XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI VA “MINOR”MAHALLASI YOSHLARI O‘RTASIDA OCHIQ MULOQOT
янв.21
🏗 «ASTROBOD» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
👍 YUNUSOBOD TUMANIDAGI YER OSTI PIYODALAR O‘TISH YO‘LAGI YANGICHA KO‘RINISH OLDI
янв.21
#Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
🏗AHILOBOD MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING YERTO‘LALARI KAPITAL TA’MIRLANMOQDA👇👇👇
янв.21
AHILOBOD MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QOPLAMALARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN VA SIYOSIY PARTIYA BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARI👇👇👇
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda

#Sessiya_oldi_organish #Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

♻️ Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva Mirobod tumanidagi "Maxsustrans" DUK faoliyati bilan yaqindan tanishib, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan sanitariya-tozalik xizmatlari sifati, maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish jarayonlari hamda sohaga joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

🤝 O‘rganishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Shahnoza Umarxo‘jayeva, "Maxsustrans" DUK raisi o‘rinbosari Ismoil Sagdullayev, Ekologik partiya vakillari hamda korxona mutaxassislari ishtirok etdi.

🚛 Mutasaddilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Mirobod tumanida aholiga sanitariya xizmatlarini ko‘rsatish uchun 34 ta maxsus chiqindi tashuvchi texnika xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu texnikalar belgilangan grafik asosida maishiy chiqindilarni yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlab kelmoqda. Shuningdek, barcha maxsus texnikalarga GPS kuzatuv tizimi o‘rnatilgani, mazkur tizim orqali transport vositalarining harakat yo‘nalishi, belgilangan marshrutga rioya qilinishi, ish vaqti hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari onlayn nazorat qilinayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

📝 O‘rganish davomida deputat korxonaning moddiy-texnik bazasi, maxsus texnikalarning texnik holati, konteyner maydonchalariga xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga, chiqindilarni alohida yig‘ish va saralash tizimini kengaytirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish hamda sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🔺 Muloqot jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida sohadagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi. Bildirilgan murojaat va takliflar "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri deputatlik nazoratiga olindi. Zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

💡 Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar belgilash uchun Toshkent shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etildi.

🌿 O‘rganish yakunida sanitariya-tozalik xizmatlari sifatini yanada oshirish, zamonaviy monitoring tizimlaridan samarali foydalanish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10