Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlik_faoliyati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
#Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi #Namunaviy_komissiya_qarorlari
янв.21
🤩 “YOSHLAR KUNI”: XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI VA “MINOR”MAHALLASI YOSHLARI O‘RTASIDA OCHIQ MULOQOT
янв.21
🏗 «ASTROBOD» MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
👍 YUNUSOBOD TUMANIDAGI YER OSTI PIYODALAR O‘TISH YO‘LAGI YANGICHA KO‘RINISH OLDI
янв.21
#Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
🏗AHILOBOD MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING YERTO‘LALARI KAPITAL TA’MIRLANMOQDA👇👇👇
янв.21
AHILOBOD MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QOPLAMALARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN VA SIYOSIY PARTIYA BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARI👇👇👇
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoyillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda Sherobod tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining VII-21-40-8-119-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

👥 Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan "Boyqishloq" mahallasida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ularning samaradorligi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazildi.

✅ O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirilib, ajratilgan mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5