Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
PENSIYA TO‘LOVLARI JARAYONIDA FUQAROLARGA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
🌿“SHOSHTEPA” MAHALLASINING OBOD VA ZAMONAVIY QIYOFASI E’TIBOR MARKAZIDA👇👇👇
янв.21
🧵MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TASHABBUSLAR BILAN YAQINDAN TANISHILDI👇👇👇
янв.21
”OQTEPA” MAHALLASIDA QIZLAR UCHUN TO‘GARAK FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI
янв.21
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun 💼MEHNAT KODEKSI – XODIM VA ISH BERUVCHI HUQUQLARINING KAFOLATI
янв.21
📚“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA YOSHLAR UCHUN MAZMUNLI MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
19-“QO‘SHCHINOR” SAYLOV OKRUGIDA QABUL O‘TKAZILDI👇👇👇
янв.21
HUDUDDAGI ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA👇👇👇
Deputat tashabbusi bilan "Furqat" mahallasi yangicha qiyofa kasb etmoqda

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputat tashabbusi bilan "Furqat" mahallasi yangicha qiyofa kasb etmoqda

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev tashabbusi bilan Mirobod tumanidagi "Furqat" mahallasida "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

🔺 Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 2026-yil 24-martdagi qaroriga muvofiq Tolimarjon, Mehirjon, Munis, Eski Sarako‘l va Yangi Zamon ko‘chalarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari uchun 4,4 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bugungi kunda ushbu mablag‘lar hisobidan zamonaviy bolalar maydonchalari, sport maydonlari, kattalar dam olish maskanlari, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar va favvora barpo etish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev hamda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati Tatyana Gribanova amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganib, mahalla faollari va aholi bilan muloqot qildi. O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

💬 Mahalla raisi va fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuqori baholanib, hududdagi ijobiy o‘zgarishlar aholi uchun yanada qulay yashash muhiti yaratgani alohida ta’kidlandi.

✅ Deputatlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputatlik nazoratiga olinib, "Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5