Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi kiritilgan.
Mazkur masala yuzasidan deputatlar mahallalarda o‘rganishlar olib borib, xonadonlarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishmoqda.
🔹 Xususan, Kengash raisi B. Ochilov tomonidan Shombuloq MFYda istiqomat qiluvchi Hayitova Mohigul Hikmat qizining xonadonida boshlangan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida ishlarning sifati, belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiq olib borilishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi.
Mazkur o‘rganishlar sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala bo‘yicha asosli qaror qabul qilinishini ta’minlash, shuningdek, ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishiga xizmat qiladi.