Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌳9-SEVINCH SAYLOV OKRUGIDA YASHIL HUDUDLARNI PARVARISHLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI👇👇👇
янв.21
REGISTON” MAHALLASI YANADA GO‘ZALLASHMOQDA: ISHLAR SO‘NGGI BOSQICHDA
янв.21
KO‘KRAK NISHONI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
“OQTEPA” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
🏗️ YUNUSOBOD TUMANIDA YANGI 24/7 REJIMDA ISHLOVCHI TURIZM KO‘CHASI BARPO ETILMOQDA
янв.21
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
#okrugda_o'rganish #Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
#Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MATONAT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI
Xususiy dorixonalardagi narxlar va farmatsevtika faoliyati jamoatchilik nazoratida.

O‘rganishlar davomida dori vositalari bilan ta’minlash holati, dori-darmonlar narxlari, ularning saqlash sharoitlari, sifat ko‘rsatkichlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan farmatsevtika xizmatlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, farmatsevtika sohasida shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish, dori vositalariga sun’iy narx oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida dorixona xodimlari bilan "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Xususan, dori vositalarini qonunchilik talablariga muvofiq realizatsiya qilish, belgilangan narx siyosatiga rioya etish, farmatsevtika faoliyatini litsenziya talablari asosida tashkil etish hamda iste’molchilarning huquqlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Dorixona rahbarlari va xodimlari bilan ochiq muloqot davomida sohada uchrayotgan muammolar, takliflar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan holatlar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.

Aholini sifatli va hamyonbop dori vositalari bilan ta’minlash, farmatsevtika sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2