Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌳9-SEVINCH SAYLOV OKRUGIDA YASHIL HUDUDLARNI PARVARISHLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI👇👇👇
янв.21
REGISTON” MAHALLASI YANADA GO‘ZALLASHMOQDA: ISHLAR SO‘NGGI BOSQICHDA
янв.21
KO‘KRAK NISHONI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
“OQTEPA” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
🏗️ YUNUSOBOD TUMANIDA YANGI 24/7 REJIMDA ISHLOVCHI TURIZM KO‘CHASI BARPO ETILMOQDA
янв.21
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
#okrugda_o'rganish #Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
#Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MATONAT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI
Mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Xususan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi, yer uchastkalari va ularda barpo etilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish tartibi, shuningdek, yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning mazmuni yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta'mirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta'minoti, obodonlashtirish hamda ijtimoiy masalalarga oid murojaat va takliflar bildirildi.

 Deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, masalalarni qonunchilik doirasida hal etish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha zarur choralarni belgiladi.

 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish hamda aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 2