Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌳9-SEVINCH SAYLOV OKRUGIDA YASHIL HUDUDLARNI PARVARISHLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI👇👇👇
янв.21
REGISTON” MAHALLASI YANADA GO‘ZALLASHMOQDA: ISHLAR SO‘NGGI BOSQICHDA
янв.21
KO‘KRAK NISHONI MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
“OQTEPA” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
🏗️ YUNUSOBOD TUMANIDA YANGI 24/7 REJIMDA ISHLOVCHI TURIZM KO‘CHASI BARPO ETILMOQDA
янв.21
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
#okrugda_o'rganish #Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
#Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MATONAT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI
Deputat_so‘rovi

Deputat_so‘rovi

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati tomonidan Chotqol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda fuqarolar murojaatlari asosida aniqlangan muammolar yuzasidan ijro hokimyat organlariga shahar hokimining birinchi o'rinbosari Y.Naraliyevga deputat so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida Chotqol MFY Samarqand ko‘chasining 50-uydan 58-uygacha bo‘lgan 350 metr uzunlikdagi ichki yo‘lning shag‘al qoplamali ekani, yo‘lning bugungi kunda transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun noqulay holatga kelgani aniqlandi.

Deputat so‘rovida mazkur yo‘lni mutaxassislar ishtirokida qayta o‘rganish, uni asfaltlashtirishni tegishli hududiy dastur yoki manzilli ro‘yxatga kiritish hamda zarur mablag‘lar ajratilib, amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Mazkur masala yuzasidan deputat so‘rovi ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olinib, tegishli tashkilotning qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javobi kutilmoqda.