Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Navbatdagi 24-sessiya masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 Jumladan, "Guliston" mahallasida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining 2026-yil I choragidagi ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari asosida bajarilgan tadbirlar hamda mahalladagi dolzarb muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, o‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul mutasaddilar bilan fikr almashilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda jamg‘arma mablag‘laridan yanada samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Bunday o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5