Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
Qurilish obyektlari faoliyati va qonunchilik talablari o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxona tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joylar qurilishi, loyiha hujjatlarining amaldagi shaharsozlik va qurilish qonunchiligi talablariga muvofiqligi, qurilish-montaj ishlari sifati hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining sessiyasi kun tartibiga kiritilgan shahar hududida amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli uy-joy qurilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muhokamalar davomida yangi turar joy massivlarini barpo etishda aholining kelgusidagi ehtiyojlarini inobatga olish, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, oqova suv va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash, shuningdek, maktab, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, bolalar maydonchalari va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Qurilish obyektlarining loyiha quvvati, aholi sig‘imi, yer ajratilishi, ruxsat beruvchi hujjatlar hamda boshqa zarur huquqiy asoslarning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan mas'ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Deputat tomonidan qurilish jarayonlarida shaffoflikni ta'minlash, amaldagi qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish, fuqarolar uchun zamonaviy va qulay yashash muhitini yaratish hamda ijtimoiy infratuzilmani kompleks rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qurilish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi, zamonaviy shaharsozlik tamoyillarini joriy etish va aholi manfaatlarini ta'minlash masalalari deputatlik nazoratida bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6