Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
PENSIYA TO‘LOVLARI JARAYONIDA FUQAROLARGA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
🌿“SHOSHTEPA” MAHALLASINING OBOD VA ZAMONAVIY QIYOFASI E’TIBOR MARKAZIDA👇👇👇
янв.21
🧵MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TASHABBUSLAR BILAN YAQINDAN TANISHILDI👇👇👇
янв.21
”OQTEPA” MAHALLASIDA QIZLAR UCHUN TO‘GARAK FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI
янв.21
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun 💼MEHNAT KODEKSI – XODIM VA ISH BERUVCHI HUQUQLARINING KAFOLATI
янв.21
📚“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA YOSHLAR UCHUN MAZMUNLI MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
19-“QO‘SHCHINOR” SAYLOV OKRUGIDA QABUL O‘TKAZILDI👇👇👇
янв.21
HUDUDDAGI ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA👇👇👇
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa
#deputat_so'rovi


🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "18-Bog'iston" okrugi deputati Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Uchtepa tuman bo‘limi boshlig‘i Laziz Yusupovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📊 Saylov okrugi hududidagi Bog‘iston mahalla fuqarolari yig‘inida o‘tkazilgan navbatdagi fuqarolar qabulida 14-uy boshi Xolida Kuchkarova tomonidan qilingan murojaatga asosan, ko‘p qavatli uyga olib boruvchi piyodalar yo‘lagi ta’mirtalab holga kelgani, mazkur hududda asfalt qoplamasi yotqizish zarurligi, tungi yoritish tizimini yaxshilash, shuningdek, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralarini o‘rnatishga ehtiyoj mavjudligi bildirilganligi qayd etilgan.

Ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan:

✍️ murojaatda ko‘rsatilgan holatlarni mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganish;

✍️ ko‘p qavatli uyga olib boruvchi hududda asfalt qoplamasi yotqizish hamda kuzatuv kameralarini o‘rnatish masalasini mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;

✍️ hududdagi tungi yoritish tizimini yaxshilash bo‘yicha tumanning tegishli elektr ta’minoti va yoritish xizmatlari bilan birgalikda aniq choralar belgilash;

✍️ ko‘rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qarorlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ravishda asoslantirilgan javob taqdim etish so'ralgan.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1