35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi 📌YOSHLAR MASLAHAT GURUHI — YOSHLAR OVOZI VA KELAJAK TARAQQIYOTI MAYDONI
янв.21
KUNNING HAR QANDAY VAQTIDA: YOSHLAR UCHUN DOIMIY IMKONIYATLAR👇👇👇
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
“XALQ BILAN BIRGA” UMUMXALQ DASTURINING “DEPUTAT MAHALLADA” LOYIHASI AMALDA
янв.21
KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDAGI BILIM VA KO‘NIKMALAR MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
“SHAXRISTON” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#deputatlik_faoliyati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
QURIGAN SHOXLARNI KESISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI 👇🏻👇🏻👇🏻
янв.21
“YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA EKILGAN DARAXTLAR PARVARISHI NAZORATGA OLINDI👇👇👇
Qonun ijrosi va ijtimoiy taraqqiyot nazoratda: "Ma’rifat" mahallasida yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi “Ma’rifat” mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.

⏺Mazkur o‘rganish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida tashkil etildi.

💬O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, quyidagilar ko‘rib chiqildi:

🟢Yoshlar bandligi: Mahalladagi ishsiz yoshlarning ro‘yxatlarini shakllantirish, ularni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;

🟢Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish: Yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va to‘garaklar tashkil etish sifati;

🟢Muammolarga yechim: "Yoshlar daftari" orqali yoshlarning murojaatlarini o‘rganish va ularga manzilli yordam ko‘rsatish holati.

💬O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi:

🟢Manzilli yordam: Mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bor shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlarning sifati va uning manzilliligi;

🟢Sinchkov tahlil: Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish reyestri, xonadonbay o‘rganish jurnallari va muhtoj fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy ko‘mak berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy choralar holati tekshirildi.

💬"Yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim — mahalla tizimidagi eng mas’uliyatli bo‘g‘inlardir. Ularning kundalik faoliyati qog‘ozbozlik va quruq hisobotlar uchun emas, balki birgina bo‘lsa ham yoshning bandligini ta’minlash, birgina ehtiyojmand oilaga davlat g‘amxo‘rligini yetkazishga xizmat qilishi shart. Bu borada qonun talablarining og‘ishmay bajarilishini deputat sifatida doimiy nazorat qilib boramiz," — deya ta'kidladi deputat A.Mustafakulov.

🫥O‘rganishlar yakunida mahalladagi yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, "mahalla yettiligi" faollari hamkorligini kuchaytirish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 3