Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
17-ADOLAT SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
KULOLQO’RG’ON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA: YUNUSOBOD TUMANIDAGI BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
янв.21
“BIR NURONIY — O‘N YOSHGA MAS’UL”: TUMAN BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida o‘rganildi.

O‘rganish davomida Xalq qabulxonasida murojaatlarni qabul qilish tartibi, ularni elektron tizim orqali ro‘yxatga olish, ijroga yo‘naltirish va belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish amaliyoti atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, sayyor qabullar tashkil etish, takroriy murojaatlarning kelib chiqish sabablari, murojaatlarning mazmun-mohiyati hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.

Deputat Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi S. Fattaxov bilan muloqot davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida, xolisona va qonun talablari asosida ko‘rib chiqish, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligini inobatga olgan holda mas’uliyat bilan yondashish, ijro intizomini mustahkamlash hamda takroriy murojaatlarga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, murojaatlar tahlili asosida hududlardagi dolzarb muammolarni tizimli hal etish, davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish hamda murojaatlarning ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3