Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI 👇👇👇👇
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
126-sonli umumta’lim maktabi hududida yangi maktab qurilishi bo‘yicha qaror tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 10-iyuldagi III-22-70-14-204-K/26-sonli qarori bilan Chilonzor tumani “Al-Xorazmiy” MFY hududida joylashgan 126-sonli umumta’lim maktabining bo‘sh yer maydonida qo‘shimcha 990 o‘rinli yangi umumta’lim maktabini qurish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish masalasi tasdiqlandi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-dekabr kuni Toshkent shahriga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari, Toshkent shahar hokimining 2026-yil 27-yanvardagi 41-14-0-Q/26-sonli XDFU qarori, shuningdek, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 26-yanvardagi “Chilonzor tumanining 2026-yil uchun mo‘ljallangan Biznes rejasi to‘g‘risida”gi III-17-2-14-204-K/26-sonli qarori asosida qabul qilindi.

Yangi umumta’lim maktabining barpo etilishi tumanda ta’lim infratuzilmasini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish hamda mavjud maktablarda o‘quv yuklamasini kamaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1