Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI RIXSILIY KO‘CHALARIDA BARPO ETILGAN 24/7 TARTIBDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI TURIZM KO‘CHASI RAQAMLARDA …
янв.21
🏗 "BILLUR" MAHALLASI: KENG QAMROVLI BUNYODKORLIK ISHLARI
янв.21
2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
17-ADOLAT SAYLOV OKRUGI DEPUTATI 2-CHORAK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
KULOLQO’RG’ON MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA: YUNUSOBOD TUMANIDAGI BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
янв.21
“BIR NURONIY — O‘N YOSHGA MAS’UL”: TUMAN BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda

Qonun ijrosi – fuqarolarning huquqiy himoyasini ta’minlashning muhim omili

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat Muhammadiyeva Barchin Hazratqulovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ–848-sonli “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Muzrabot tuman adliya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimining amaldagi holati, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ichki tartiblar, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish amaliyoti, ko‘rsatilayotgan yuridik yordam sifati hamda mavjud moddiy-texnik sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining davlat hisobidan yuridik yordam olish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarining qonun talablariga muvofiqligi, huquqiy xizmatlar samaradorligi hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar asosida qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan yuridik yordam sifatini oshirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4